Bugun 17 may, 2024 yil, juma

КИР

Klaviaturalarda yangi tugmacha paydo bo‘lishi mumkin!

Klaviaturalarda yangi tugmacha paydo bo‘lishi mumkin!

Microsoft kompaniyasi o‘zining standart klaviaturasidagi “menyu” yoki “Right Alt” o‘rniga Office tugmachasini qo‘shishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Gizmodo portali ma’lumot berib o‘tgan.

Portalning yozishicha, sichqonchaning o‘ng tugmasini bosish vazifasini takrorlovchi «menyu» klavishi amalda deyarli ishlatilmaydi, o‘ng taraf “Alt” klavishi esa allaqachon eskirgan. Microsoft'ning ushbu qaroriga bo‘lgan eng katta e’tiroz sifatida, kompaniya ushbu funksiyani amalda qo‘llash uchun shunchaki yangi klaviatura kombinasiyasini ajratishi mumkin ekanligi iddao qilinmoqda. Aytish kerakki, Microsoft o‘zining yangi g‘oyalarini amalda qo‘llashdan avval foydalanuvchilar fikrini inobatga olib keladi.

Eslatib o‘tamiz, so‘ngi marta 1994 yilda Microsoft standart klaviaturalarida o‘zgartirishni amalga oshirgan edi. O‘shanda, kompaniya ikkita qo‘shimcha – “menyu” hamda Windows tugmachalari mavjud bo‘lgan Microsoft Natural keyboard’ni taqdim etgandi.

Manba: terabyt.uz

Kiritildi: 22:00 19.06.2019. O'qildi: 1986 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!