Bugun 3 may, 2024 yil, juma

КИР

Kitob o‘rniga telefon ko‘tarib yurgan bolalarni ko‘rsam ajablanaman — Shohida Uzoqova

Kitob o‘rniga telefon ko‘tarib yurgan bolalarni ko‘rsam ajablanaman — Shohida Uzoqova

Xabaringiz bor, Farg‘ona viloyatida «Biz bir bo‘lsak — yagona xalqmiz, birlashsak — vatanmiz!» shiori ostidagi «Kinokarvon» bo‘lib o‘tmoqda.

Loyiha aktrisa Shohida Uzoqova Qo‘shtepa tumanidagi maktabda kitobxonlik haqida so‘z yuritdi.

«Men maktabni a’lo baholarga, oltin medal bilan bitirganman. Hozir ham a’lochilar alohida e’tirof etiladi, menimcha. Esimda, 6-sinfgacha maktabimiz kutubxonasining hamma kitoblarini o‘qib tugatganman. Xayolimda o‘sha kitoblar qahramonlariga aylanardim.

Ishonasizmi, davrda chet tili o‘qituvchilari yetishmasdi?! 10-sinf edim, bizga fransuz tili o‘qituvchisi ishga kelgan. Maktabni bitirayotganimda 2 ta yangi so‘zni yodlaganman.

Hozir esa yoshlarga katta imkoniyat yaratib berilgan. Oddiy misol, hozir xorijiy tilni o‘rganish muammo emas, bog‘chadan boshlab o‘qitiladi. Ammo nega yoshlar hozir o‘qish, o‘rganishni sust bilmayman. Men kitob o‘rniga telefon ko‘tarib yurgan bolalarni ko‘rsam ajablanaman», deydi Shohida Uzoqova.

Kiritildi: 21:17 18.04.2024. O'qildi: 813 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!