Bugun 17 may, 2024 yil, juma

КИР

Vijdon, insof yo‘q - Sarvar Karimov qaroqchi kanal egalari va ulardan foydalanuvchilarga murojaat qildi

Vijdon, insof yo‘q - Sarvar Karimov qaroqchi kanal egalari va ulardan foydalanuvchilarga murojaat qildi

So‘nggi kunlarda kino ijodkorlar yaratgan filmlarning qaroqchi kanallarda tarqalayotgani turli bahs va munozaralarga sabab bo‘lmoqda. Ushbu mavzu ochilishiga O‘zbekistondagi kinoteatrlarda namoyish etilayotgan «Jannat onalar oyog‘i ostida» nomli kinoning turli telegram kanallari orqali ko‘rilayotgani sabab bo‘ldi.

Mazkur masala nega kun tartibiga chiqdi? Nima uchun jamoatchilik faollari tekin sayt va kanallardan foydalanmaslikka chaqirmoqda? «Gapiring» ijtimoiy-siyosiy tok-shousida mazkur muammolar ko‘tarildi hamda tok-shou davomida Sarvar Karimov barchaga murojaat qildi.

«Eng katta muammolarimiz biri bu qaroqchilik. Siz biror bir film yoki serial oladigan bo‘lsangiz 1-2 kundan keyin qarabsizki telegram kanallarda tarqalib ketgan bo‘ladi. Telegram kanallarda tarqalishi juda ham murakkab jarayon. Bunga qarshi hech narsa qila olmaymiz.

Faqatgina bir narsani tushunish kerak u tarqatayotgan odamda vijdon va insof yo‘q. Man bir narsani iltimos qilgan bo‘lardim qaroqchilik saytlaridan filmlarni tomosha qilayotgan tomoshabinlar ham shu o‘g‘rilikka sherik bo‘lyapti. Ya’ni bir odam pulini va vaqtini sarflab film yaratsa, uni iloji boricha kinoteatrga borib, pul to‘lab ko‘rish kerak. Yoki rasmiy saytlar orqali ko‘rish lozim. Chunki rasmiy saytlar orqali ko‘rilganida ijodkorga bir-ikki so‘m pul tushadi», deydi ijodkor.

Kiritildi: 15:47 30.04.2024. O'qildi: 799 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!