Bugun 22 dekabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

"Kishmishning narxi mish-mishga aylandi": Uzumning narxi 200 mingga chiqdimi?

"Kishmishning narxi mish-mishga aylandi": Uzumning narxi 200 mingga chiqdimi?

🍇Aytib o‘tish joizki, Qishloq xo‘jaligi vazirligi sohada olib borilayotgan islohotlarni qo‘llab-quvvatlash, muammolarni o‘rganish va bartaraf etish yuzasidan ochiq muloqotga har doim tayyor.

Lekin shunday bo‘lsada, ijtimoiy tarmoqlarda ba’zi ma’lumotlar oxirigacha o‘rganib chiqilmasdan, bir yoqlama yondoshuv asosida keng ommaga taqdim etish holatlari uchramoqda. Qishloq xo‘jaligi mas’ullari Toshkent shahridagi bozorlardagi uzum narxlari o‘rganib chiqqan holda, quyidagilarni ma’lum qiladi.

Mahalliy «Kishmish» navli qora uzum narxi 15-25 ming so‘m atrofida, Husayni uzumlari esa 20-40 ming so‘mgacha borligi kuzatildi.

Shuni alohida ta’kidlash kerakki, o‘ta qimmat narxlar haqidagi xabar asossiz bo‘lib, gibridlangan yoxud navi o‘zgartirilgan yirik uzumlarning narxi oddiy mahalliy navlardan narxi yuqori. Misol uchun, «Avatar» navli uzumning 1 kilosi 35 ming so‘mdan 70-80 ming so‘mgacha, «Mersedes» navli uzumning kilodagi narxi 30 ming so‘mdan 70 ming so‘mgacha ekanligi aniqlandi.

Doimiy sevib iste’mol qiladiganimiz, qora kishmish va husayni uzumining narxi esa xaridorlar uchun maqbul narxda sotilmoqda.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalganidek, barcha uzum navlari ham qimmat emas. Iste’mol uchun yaroqli, ta’mi shirin mahalliy «Kishmish», «Ketmon sopi», «Kelin barmoq» navli uzumlarimizning narxi esa 15 mingdan 40 ming so‘mgacha sotilmoqda. «Toyfi» navli kuzda pishib yetiladigan uzumning narxi 10-15 ming so‘m atrofida sotilmoqda.

Nashrlar tomonidan keltirilgan 200 ming so‘m turadigan uzumga kelsak, gibrid yetishtirilgan va doimiy iste’molga taqdim etilgan nav haqida so‘z ketmayapti. Kunlik iste’mol va boshqa maqsadlar uchun xarid orasidagi aniqlikni to‘g‘ri qo‘yishni so‘raymiz.

Kiritildi: 22:48 18.09.2023. O'qildi: 3391 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!