Bugun 3 may, 2024 yil, juma

КИР

Kimlar sanatoriy-kurortlarga bepul yo‘llanma olishi mumkin?

Kimlar sanatoriy-kurortlarga bepul yo‘llanma olishi mumkin?

Qonunchilikka muvofiq quyidagi nogironlar va keksalar toifasi berul sanatoriya-kurort yo‘llanmalari taqdim etiladi:
? urush nogironlariga va qatnashchilariga tenglashtirilgan shaxslar;
? halok bo‘lgan harbiy xizmatchilarning beva xotinlari (beva erlari);
? respublika ahamiyatiga molik shaxsiy pensiya oluvchi shaxslar;
? Chernobil halokati sababli nogiron bo‘lib qolgan shaxslar;
? yadro poligonlarida harbiy xizmatni o‘tagan shaxslar;
? I va II-guruh nogironlari, ko‘zi ojiz I-guruh nogironini kuzatib boruvchi shaxs;
? yolg‘iz keksalar;
? pensionerlar.

Yo‘llanma olish uchun quyidagi hujjatlar bandlikka ko‘maklashish markazlariga topshirilishi lozim:
? ariza;
? pasport nusxasi;
yuqoridagi fuqarolarning imtiyozdan foydalanish huquqini beruvchi hujjatlar (nogironlikni tasdiqlovchi, pensionerlar uchun guvohnoma va b.);
? tibbiy xulosa.

Yo‘llanmalarni berish davriyligi quyidagicha.

✅ har yili (navbat asosida):
? urush nogironlariga tenglashtirilgan shaxslarga;
? respublika ahamiyatiga molik shaxsiy pensiya oluvchi shaxslarga;
? Chernobil AES halokati oqibatida nurlanish kasalligiga chalingan va uni boshidan kechirgan shaxslar, shuningdek Chernobil halokati sababli nogiron bo‘lib qolgan shaxslarga;
? yadro poligonlari va boshqa radiasiya-yadro ob’ektlarida harbiy xizmatni o‘tagan
? shaxslarga;
? yolg‘iz keksalarga;

✅ ikki yilda bir marotaba (navbat asosida):
? urush qatnashchilariga tenglashtirilgan shaxslarga;
? halok bo‘lgan harbiy xizmatchilarning beva xotinlariga (beva erlariga);
? I va II-guruh nogironlari, ko‘zi ojiz I-guruh nogironini kuzatib boruvchi shaxsga;
? sanatoriylarda bo‘sh o‘rin mavjud bo‘lgan taqdirda, navbat asosida, ammo 3 yilda 1 marotaba pensionerlarga.

Yo‘llanmalar o‘n ikki kunga, yo‘llanmalarning amal qilish muddati boshlanishidan kamida 10 kun oldin beriladi.

Kiritildi: 14:33 10.04.2019. O'qildi: 1647 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!