Bugun 27 noyabr, 2026 yil, juma

КИР

Kimlar grippga qarshi bepul emlanadi?

A A A
Kimlar grippga qarshi bepul emlanadi?
Gripp yuqtirish va uning og‘ir asoratlarini boshidan o‘tkazish xavfi yuqori bo‘lgan hamda mavsumdan oldin emlanadigan shaxslar toifalari tasdiqlandi.
 
“Gripp yuqtirish va uning og‘ir asoratlarini boshidan o‘tkazish xavfi yuqori bo‘lgan aholi o‘rtasida grippning oldini olish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqida Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanali xabar bermoqda.
 
Qarorga muvofiq, gripp yuqtirish va uning og‘ir asoratlarini boshidan o‘tkazish xavfi yuqori bo‘lgan hamda mavsumdan oldin emlanadigan shaxslar kontingenti tasdiqlandi.
Mazkur ro‘yxatga quyidagilar kiritildi:
  • homilador ayollar;
  • nafas olish organlari va yurak-qon tomir tizimlarining ma’lum surunkali kasalliklariga chalingan katta yoshlilar;
  • 60 yoshdan oshgan shaxslar,
  • 6 oylikdan 59 oylikkacha bo‘lgan bolalar;
  • tibbiyot xodimlari;
  • “Mehribonlik” uylari, qariyalar, nogironlar uchun “Sahovat” internat uylari, bolalar shaharchalari, bolalar uylarida, nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida yashayotgan shaxslar kiritildi.
Bunda davlat ijtimoiy muassasalarida yashayotgan shaxslarni emlash davlat byudjeti mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi.
Manba: uza.uz
Kiritildi: 19:42 24.07.2018. O'qildi: 1676 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik