Bugun 20 iyul, 2025 yil, yakshanba

КИР

Kim Kardashyan qimmatbaho marjon sohibasiga aylandi

A A A
Kim Kardashyan qimmatbaho marjon sohibasiga aylandi

Mashhur amerikalik model Kim Kardashyan malika Diana taqqan zargarlik buyumini sotib oldi.

5,25 karat og‘irlikdagi malikaga tegishli marjon “The Garrard” brendi tomonidan ishlab chiqarilgan bo‘lib, u kvadrat shaklda va ametistlar hamda olmoslar bilan bezatilgan.

Mazkur zargarlik buyumi avval Nyu-Yorkdagi Sotheby's uyi tomonidan har yili o‘tkaziladigan “Royal & Noble” kim oshdi savdosida 150 ming AQSh dollardan oshiqqa sotilgan.

Sotheby's vakilining guvohlik berishicha, taniqli model Kim Kardashyan mazkur marjonni kimoshdi savdosidan 197,4 ming AQSh dollariga sotib olgan. Qayd etilishicha, malika Diana ushbu zargarlik buyumini 1987 yilda Londonda bo‘lib o‘tgan xayriyada kechasida taqqan. O‘shanda “The Garrard” kompaniyasi ushbu zargarlik buyumini malikaga vaqtinchaga bergan.

Bundan tashqari, malika Diananing baqlajon rangli baxmal ko‘ylagi ham 25 yil ichida ilk marotaba Sotheby's auksioniga qo‘yilgan edi.

Kiritildi: 19:17 22.01.2023. O'qildi: 2456 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!