Fransiyaning amaldagi Mehnat vaziri Elizabet Born Bosh vazir lavozimiga tayinlandi, u Jan Kaseks iste’foga chiqqanidan keyin bo‘shatilgan.
Elisey saroyi bayonotida aytilishicha, 61 yoshli Born Bosh vazir etib tayinlandi va unga yangi hukumatni shakllantirish vazifasi yuklandi.
Born Transport vaziri (2017-2019), Atrof-muhitni muhofaza qilish vaziri (2019-2020) va Mehnat vaziri (2020-2022) lavozimlarida ishlagan.
Born Fransiya Respublikasining ikkinchi ayol Bosh vaziri bo‘ldi.
Ushbu lavozimdagi birinchi ayol Edit Kresson bo‘lib, u bu lavozimni 11 oy - 1991 yil mayidan 1992 yil apreligacha Fransua Mitteranning ikkinchi yetti yillik prezidentlik davrida egallagan.