Bugun 11 may, 2025 yil, yakshanba

КИР

Kim Chen Inga Rossiya Ukrainaga hujum qilayotgan zamonaviy qurollar ko‘rsatildi

Kim Chen Inga Rossiya Ukrainaga hujum qilayotgan zamonaviy qurollar ko‘rsatildi

KXDR yetakchisi Kim Chen In Rossiyaga tashrifi chog‘ida Vladivostokga tashrif buyurdi va u yerda Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu bilan birgalikda Rossiyaning zamonaviy qurollarini ko‘zdan kechirdi, deya xabar bermoqda “ Interfaks” .

Vladivostokga etib kelgan Kim Chen In Knevich ayerodromiga yo‘l oldi va u yerda uni Sergey Shoygu kutib oldi. Ular birgalikda Tu-160, Tu-95MS va Tu-22M3 raketa tashuvchi bombardimonchi samolyotlarni ko‘zdan kechirdilar. Bundan tashqari, Shoygu Shimoliy Koreya yetakchisiga MiG-31I rusumidagi Kinjal raketa tizimini ko‘rsatdi. Kim Chen In Rossiyaning uzoq masofali yo‘lovchi samolyoti Tu-214 bilan ham tanishdi.

Keyin KXDR rahbari va Rossiya mudofaa vaziri marshal Shaposhnikov fregatida bo‘lib, u yerda “Uran” raketa tizimlari va “Kalibr” universal qanotli raketa tizimlari, shuningdek, 100 millimetrli A-190 avtomat artilleriya moslamasini ko‘zdan kechirdi.

Kim Chen In beshinchi kun davlat tashrifi bilan Rossiyada. U Primorsk o‘lkasiga 12 sentyabrda yetib keldi . Ertasi kuni u Amur viloyatidagi “Vostochniy” kosmodromida Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan muzokaralar o‘tkazdi . 15 sentyabr kuni u Komsomolsk-na-Amurdagi Su-35 va Su-57 qiruvchi samolyotlarini yig‘ish bo‘yicha aviasiya korxonalariga tashrif buyurdi .

Kiritildi: 17:12 16.09.2023. O'qildi: 2834 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!