Shimoliy Koreya KXDRning quruqlikdagi qo‘shinlari bosh shtabi boshlig‘ining o‘rinbosari, general-polkovnik Kim Yon Bokni Rossiyaga yuboradi, deb xabar berdi The Wall Street Journal'ga Ukraina va Janubiy Koreyaning yuqori martabali amaldorlari.
General Shimoliy Koreya qo‘shinlarini Rossiya armiyasiga integrasiyalashda ishtirok etishi, shuningdek, kelajakda Shimoliy Koreya askarlarini yuborishi mumkin bo‘lgan jang maydonidan ma’lumotlarni yig‘ishda ishtirok etishi kutilmoqda. Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, Rossiyaga yuborilgan Shimoliy Koreya askarlari soni oxir-oqibat 100 mingga yetishi mumkin. Kim Yong Bok jangovar harakatlarda ishtirok etmasligi taxmin qilinmoqda.
Janubiy Koreyaning Mudofaa tahlili instituti ilmiy xodimi Chon Gen Chjuning ma’lum qilishicha, ilgari bu general 200 mingga yaqin kishidan iborat maxsus kuch bo‘linmasiga qo‘mondonlik qilgani va Koreya yarim orolida urush bo‘lsa, maxfiy topshiriqlarni bajarishi kerak bo‘lgani uchun ommaga tanilmagan shaxs bo‘lgan.