Bugun 26 noyabr, 2026 yil, payshanba

КИР

Kilian Mbappe Jahon Chempionatlari tarixiga kirdi

A A A
Kilian Mbappe Jahon Chempionatlari tarixiga kirdi

Fransiya terma jamoasi hujumchisi Kilian Mbappe futbol bo‘yicha Rossiya maydonlarida o‘tkazilgan Jahon Chempionatining finalida Xorvatiya darvozasiga gol urishga erishdi.

Shu tariqa u futbol qiroli Peledan so‘ng Jahon Chempionati finalida to‘p kiritgan eng yosh futbolchiga aylandi.

Braziliyalik futbol afsonasi 1958 yilda o‘tkazilgan Jahon Chempionatining finalida gol urgan edi. O‘shanda Pele 17 yoshda bo‘lgan. Kilian Mbappe esa bu ishni 19 yoshida uddaladi.

Shuningdek, Mbappe JCh—2018 ning eng yaxshi yosh o‘yinchisi sifatida ham e’tirof etildi.

Manba: daryo.uz

Kiritildi: 05:30 16.07.2018. O'qildi: 1968 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik