Ukraina poytaxti Kiyev shahrida portlash ovozlari eshitilmoqda. Bu haqda Ukrainaning “Zerkalo Nedeli ” nashri xabar berdi.
Qayd etilishicha, shaharda havo hujumi haqida ogohlantirish e’lon qilinmagan.
Shuningdek, nashr ijtimoiy tarmoqlardagi nashrlarga tayanib, Bucha va Ukraina nazoratidagi Zaporojye shahri hududida sodir bo‘lgan portlashlar haqida ma’lum qildi.