AQSh generali Mark Milli, agar Rossiya Ukrainaga to‘liq miqyosda bostirib kirsa, Kiyev 72 soat ichida “qulashi” mumkinligini aytdi. Bu haqda Fox News ma’lum qildi.
Manba Rossiyaning Ukrainaga to‘liq miqyosli bostirib kirishi Kiyevning 72 soat ichida “qulashi”ga olib kelishi va 15 ming ukrainalik harbiyning va 4000 nafar rossiyalik harbiyning halok bo‘lishi mumkinligini aytdi.
Qo‘shma Shtatlar ham yirik qochqinlar va muhojirlar inqiroziga tayyorgarlik ko‘rish ustida ishlamoqda, deydi manbalar. Yevropa ittifoqchilari ham “Ukraina fuqarolari Yevropaning boshqa hududlariga qochib ketadi” degan taxminda migrantlar oqimini muhokama qilmoqda.