Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Kerchida sodir bo‘lgan dahshatli voqeada halok bo‘lgan qizning bo‘lajak turmush o‘rtog‘i o‘z joniga qasd qildi

Kerchida sodir bo‘lgan dahshatli voqeada halok bo‘lgan qizning bo‘lajak turmush o‘rtog‘i o‘z joniga qasd qildi

Kerchida istiqomat qiluvchi 20 yashar Armen Badalyan 19 oktyabr kuni o‘z uyining derazasi tagidan topilgan.

Aniqlanishicha, Badalyan jinoyatchi Vladislav Roslyakovning qurbonlaridan biri bo‘lgan Viktoriya Demchuk bilan uchrashib yurgan. Dastlab, qiz yaralanganlar ro‘yxatida bo‘lgan, shifokorlar uni qutqarishga harakat qilishgan, hatto Moskvaga jo‘natishga ham tayyor turishgan. Ammo o‘lim haq deganlaridek, qizni saqlab qolishning imkoni bo‘lmagan. Shundan so‘ng Armen o‘zini o‘ldirishga qaror qilgan.

«Mash»ning xabar berishicha, asfaltdan topilgan yigitning bir necha joylari qattiq singan bo‘lishiga qaramasdan omon qolgan.

Fojia sodir bo‘lishidan oldin oshiq Feysbukdagi sahifasiga «Men seni sevaman. Bir umrga birga», degan so‘zlarni yozib qoldirgan.

Ma’lum qilinishicha, hozirda bolaning ahvoli juda og‘ir.

 

Kiritildi: 21:21 23.10.2018. O'qildi: 1848 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!