Bugun 16 may, 2024 yil, payshanba

КИР

Keniyadagi toshqinlarda 90 kishi vafot etdi. Minglab odam o‘z uyini tark etishga majbur bo‘lgan

Keniyadagi toshqinlarda 90 kishi vafot etdi. Minglab odam o‘z uyini tark etishga majbur bo‘lgan

Keniyada kuchli yomg‘irlar ortidan sodir bo‘lgan suv toshqinlarida vafot etganlar soni ortib bormoqda.

Yog‘ingarchilik darajasi nisbatan yuqori bo‘lgan tumanlarda toshqin uy, maktab va korxona kabi mulklarni vayron qilgan. Mamlakatda shaharlararo transport harakati cheklanib, bir qancha magistrallar yopilgan.

Tabiiy ofat oqibatida vafot etgan va uyini tark etganlardan tashqari, bedarak yo‘qolganlar ham ko‘pchilikni tashkil etadi.

Hukumat avvalroq kuchli yog‘ingarchilik va uning vayronkor oqibatlari haqida aholini ogohlantirgan.

Toshqinlardan shuningdek, Tanziya, Burundi va Kongo demokratik respublikasi kabi mamlakatlar ham jabr ko‘rdi.

Hozirda fojia oqibatlarini kamaytirish choralari olib bormoqda.

Kiritildi: 20:32 29.04.2024. O'qildi: 939 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!