Bugun 16 may, 2024 yil, payshanba

КИР

Keniyada "vafot etgan" odam to‘satdan o‘likxonada tirildi

Keniyada "vafot etgan" odam to‘satdan o‘likxonada tirildi

Keniyada o‘lgan deb hisoblangan erkak o‘likxonada to‘satdan o‘ziga keldi.

Bu haqda “Standart” nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, Piter Kigen uyida hushini yo‘qotgan va oilasi uni kasalxonaga olib borgan. Bir necha soatdan so‘ng shifokorlar Piterning qarindoshlariga uning kasalxonaga yotqizilishidan oldin vafot etganligi haqida xabar berishgan.

Ammo shifoxona xodimi Girbert Cheruyotning ma’lum qilishicha, qarindoshlarining o‘zi Kigenni o‘lgan deb hisoblashgan. Shifokorlar ularga Piterning ahvolini o‘rganish uchun vaqt berishni iltimos qilishgan, ammo oila shifokorlarni sustkashlikda ayblab, jasadni o‘likxonaga o‘zlari olib ketishgan.

Piter o‘likxonada o‘ziga kelganidan so‘ng kasalxona yotqizilgan. Barcha tekshiruvlardan o‘tgan Kigenga bir necha kundan so‘ng javob berilishi rejalashtirilgan.

Bemorning o‘zi o‘lganligini va hattoki o‘likxonaga jo‘natilganini bilganidan hayratda qolganligini aytdi.

Kiritildi: 20:00 28.11.2020. O'qildi: 3902 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!