Bugun 19 sentyabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Kelgusi yil Xivada “Markaziy Osiyo – Germaniya” tahliliy markazlari Forumini ta’sis etish yuzasidan yig‘ilish o‘tkaziladi

 Kelgusi yil Xivada “Markaziy Osiyo – Germaniya” tahliliy markazlari Forumini ta’sis etish yuzasidan yig‘ilish o‘tkaziladi

Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Markaziy Osiyo – Germaniya” ikkinchi sammitidagi nutqida ushbu taklif ilgari surildi:

Terrorizm va ekstremizm, kiberjinoyatchilikka qarshi kurash, yoshlarning radikallashuvining oldini olish bo‘yicha yaqin hamkorlikni davom ettirish muhim, deb hisoblaymiz.

Markaziy Osiyodagi xavfsizlik sohasidagi vaziyat Afg‘onistonda ro‘y berayotgan jarayonlar bilan uzviy bog‘liqdir.

O‘z muammolari bilan deyarli yakka o‘zi qolgan ushbu mamlakatda gumanitar inqirozning chuqurlashib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik muhim, deb hisoblaymiz.

Shu munosabat bilan Germaniya va Yevropadagi boshqa sheriklarimiz bilan ushbu mamlakatni mintaqaviy iqtisodiy hamkorlikka jalb etish, Termizdagi ta’lim markazida kadrlar, jumladan, xotin-qizlarni, Afg‘oniston tinch hayoti uchun zarur bo‘lgan mutaxassislarni tayyorlash yo‘nalishlarida qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga tayyormiz.

So‘zimning nihoyasida shuni alohida ta’kidlamoqchiman, O‘zbekiston Markaziy Osiyo mintaqasi bilan Germaniya ko‘p qirrali hamkorlik salohiyatini yanada to‘liqroq ro‘yobga chiqarishdan manfaatdordir.

Ishonchim komil, bugungi uchrashuvimiz mamlakat va xalqlarimizni yanada yaqinlashtirishga xizmat qiladi, strategik sherikligimizni aniq loyiha va dasturlar bilan to‘ldirishga imkon beradi.

Kiritildi: 15:40 17.09.2024. O'qildi: 431 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!