Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Kelesda sobiq rafiqasiga pichoq urgan erkak ushlandi

Kelesda sobiq rafiqasiga pichoq urgan erkak ushlandi

Keles shahri «Oqibat» mahallasida yashovchi 34 yoshli U.YU. 13 avgust kuni IIBga ariza bilan murojaat qilgan, deya xabar bermoqda IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi.

Uning ma’lum qilishicha, 12 avgust soat taxminan 01:00 da sobiq pochchasi, 36 yoshli SH.P. uyida o‘zaro janjal oqibatida birga yashovchi sobiq turmush o‘rtog‘i, 36 yoshli N.YU. ismli ayolning turli joylariga pichoq bilan urib jarohat yetkazgan.

Natijada N.YU. kasalxonaga yotqizilgan. SH.P. ushlangan. Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 05:39 18.08.2019. O'qildi: 1055 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!