Bugun 27 dekabr, 2024 yil, juma

КИР

Kelasi yili Toshkentdan Issiqko‘lga poyezd qatnay boshlaydi

Kelasi yili Toshkentdan Issiqko‘lga poyezd qatnay boshlaydi

O‘zbekiston va Qirg‘iziston temiryo‘lchilari 2025 yil yozida «Toshkent-Ribache» yo‘nalishida turistik poyezdlar qatnovini yo‘lga qo‘yishga kelishib oldi.

Bu haqda «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ axborot xizmati ma’lum qildi

Ma’lum qilinishicha, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga a’zo davlatlar temir yo‘l transporti bo‘yicha Kengashning 81-yig‘ilishi doirasida «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ boshqaruv raisi Z.Narzullayev va «Qirg‘iz temir yo‘li» davlat korxonasi rahbari Azamat Sakiyev o‘rtasida ikki tomonlama uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda yuk tashish hajmlarini oshirish va tarif chegirmalarini qo‘llash masalalari bo‘yicha muzokara olib borildi.

Shuningdek, ikki davlat o‘rtasida asosiy yuklar — ko‘mir, sement va boshqa mahsulotlarni tashishda «Temiryo‘lkargo» AJ yuk vagon parklaridan foydalanish hamda tarozi xo‘jaligi ob’ektlarini ta’mirlash masalalari ko‘rib chiqildi.

Tomonlar, shuningdek, 2025 yil yozida «Toshkent-Ribache» yo‘nalishida turistik poyezdlar qatnovini yo‘lga qo‘yishga kelishib oldi.

Bundan tashqari, Qirg‘iziston temir yo‘l xodimlarini «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ markazlarida malakasini oshirish masalasi ham muhokama qilindi va ushbu yo‘nalishda o‘quv dasturlarini tashkil etishga kelishildi.

Shuningdek, Qirg‘iziston temir yo‘llari davlat korxonasi rahbari Azamat Sakiyev «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJning tashkil etilganiga 30 yil to‘lishi munosabati bilan jamiyat rahbari Z.Narzullayevni va jamiyatning barcha xodimlarini samimiy muborakbod etdi.

Kiritildi: 12:42 07.11.2024. O'qildi: 615 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!