Bugun 9 oktyabr, 2026 yil, juma

КИР

Keksalar uchun temir yo‘l chiptalariga 20% chegirma beriladi

Keksalar uchun temir yo‘l chiptalariga 20% chegirma beriladi

O‘zbekistonda keksalarga temir yo‘l chiptalarining tarif qismidan 20 foiz chegirma taqdim etiladi, deya xabar beradi Transport vazirligi.

Ma’lum qilinishicha, chegirma «Keksalar haftaligi» hamda «Keksalar uchun turizm oyligi» doirasida nuroniylarning mamlakat bo‘ylab sayohatlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida taqdim etilmoqda.

Imtiyozdan O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan 55 yoshdan yuqori ayollar va 60 yoshdan yuqori erkaklar — pensionerlar foydalanishi mumkin.

Chegirma har yili «Keksalar haftaligi» doirasida 2–8 oktyabr kunlari hamda «Keksalar uchun turizm oyligi» doirasida 1–30 noyabr kunlari amal qiladi.

Imtiyoz barcha mahalliy yo‘nalishdagi poyezdlarga tatbiq etiladi. Tezyurar «Afrosiyob» elektropoyezdi bundan mustasno.

Chegirmali chiptalarni onlayn yoki temir yo‘l chiptaxonalari orqali rasmiylashtirish mumkin.

Kiritildi: 22:52 08.10.2026. O'qildi: 556 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!