Bugun 22 may, 2024 yil, chorshanba

КИР

Kecha O‘zbekistonga kelgan 3480 nafar yo‘lovchining 66 nafarida koronavirus aniqlandi

Kecha O‘zbekistonga kelgan 3480 nafar yo‘lovchining 66 nafarida koronavirus aniqlandi

Joriy yil 15 yanvardan mamlakatimizga kirib keluvchilar uchun xalqaro aeroportlar, temir yo‘l vokzallari va chegara punktlarida ekspress-antigen test topshirish tartibi joriy qilinganidan xabaringiz bor.

Ayni paytda bu amaliyot yangi shtamm keng tarqalishining oldini olish va kasallikni o‘z vaqtida hamda tezkor aniqlash imkonini bermoqda.

Xususan, kecha “Toshkent” xalqaro aeroporti orqali yurtimizga kelgan 3480 nafar yo‘lovchidan test sinamalari olindi. Natijada ulardan 66 nafarida koronavirus infeksiyasi qayd etildi.

Ushbu bemorlar kasallikning kechishiga ko‘ra, uy sharoitida va mehmonxonalarda davolanishga yo‘naltirildi.

Ambulator sharoitida muolaja oladigan fuqarolarga aeroportning o‘zida 4 xildagi bepul dori-darmon vositalari berilmoqda.

Kiritildi: 18:01 21.01.2022. O'qildi: 2350 marta. Fikrlar soni: 1 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!