Bugun 6 may, 2024 yil, dushanba

КИР

Kecha prezident 71 nafar rahbarni ishdan bo‘shatgan

Kecha prezident 71 nafar rahbarni ishdan bo‘shatgan

Kecha, 9 iyul kuni Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy 71 nafar davlat tuman rahbarlarini lavozimidan bo‘shatdi. Bu haqda Ukraina Prezidenti saytida ma’lum qilindi.

"Qalampir" nashriga ko‘ra, tuman rahbarlarining birdaniga bo‘shatilishining sababi bitta – Ukrainaning sobiq Prezidenti Pyotr Poroshenkoning vakolat muddati tugagani ekani aytilgan.

Ma’lumot uchun, Ukrainaning yangi Prezidenti mamlakatdagi barcha gubernatorlarni almashtirish tarafdori. Vladimir Zelenskiy bundan avval 15 viloyat rahbarlarini ishdan bo‘shatgandi.

Eslatib o‘tamiz, Vladimir Zelenskiy joriy yilning 30 mart kuni Ukrainada o‘tkazilgan prezidentlik saylovlarining ikkinchi turida g‘alaba qozondi. Zelenskiy ikkinchi turda Ukrainaning sobiq Prezidenti Pyotr Poroshenko bilan raqobatlashdi. U 20 may kuni qasamyod qabul qilib, davlat rahbari sifatida ish boshladi.

Kiritildi: 15:32 10.07.2019. O'qildi: 6287 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!