Bugun 22 sentyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Kech uxlash saratonni keltirib chiqaradimi?

Kech uxlash saratonni keltirib chiqaradimi?

Uyquga to‘yish va sog‘lom uyqu tartibini shakllantirish uzoq umr garovidir. Uyqu yetarli miqdorda foyda keltirishi uchun sog‘lom inson kechki soat 12 gacha uyquga ketishi lozim. Onkolog Xamis Magomedova uyqu rejimga rioya qilishning muhim asoslarini tushuntirib berdi.

Sirkad ritmlar nima va nima uchun uchun muhim?

Erdagi barcha jonzotlar kun va tun aylanish davriga bo‘ysunib, tabiatning bioritmlariga muvofiq yashaydilar. Inson tanasi ham biologik soatga qarab ishlaydi. Tanadagi gormonlar darajasi, barcha organlar va to‘qimalarning holati kunning qaysi soati ekaniga bog‘liq. Bioritm tizimi hayotiy jarayonlarni boshqaradi.

Ammo sivilizasiya, insoniyat rivojlanishi, elektrning paydo bo‘lishi sababli insonlar sirkad ritmi buzildi. Endilikda odamlar kechasi uxlamaslikni boshladi. Natijada insoniyat tabiiy o‘z bioritmlarini mustaqil ravishda o‘zgartirdi.

Bioritmlarning buzilishi qanchalik xavfli?

Sirkadiyalik ritmlar buzilganida asab tizimi va metabolizm zarar ko‘radi. Doimiy uyqusizlik ortiqcha vazn yoki qand kasalligiga chalinish xavfini oshiradi, chunki yog‘larni yo‘q qiladigan gormonlar faqat tunda ishlab chiqariladi.

“sirkadli stress” turli kasalliklarga olib kelishi mumkin:

  • uyqusizlik;
  • yurak-qon tomir kasalliklari;
  • onkologiya;
  • depressiv holatlar.

Olimlarning fikricha, tungi smenada ishlaydigan ayollar ko‘krak bezi saratoniga chalinish ehtimoli ko‘proq. Chunki bioritmlar va uyqu rejimining buzilishi organizm uchun muhim gormon — melatonin ishlab chiqarishga ta’sir qiladi.

Melatonin gormonining inson salomatligi uchun ahamiyati

Epifiz bezi uyqu gormoni — melatoninni faqat odam qorong‘ilikda uxlaganda ishlab chiqaradi. Aynan shu modda bizning bioritmimizni boshqaradi. Tana ushbu gormonga bo‘lgan kunlik ehtiyojining 70% gacha miqdorini aynan tunda ishlab chiqaradi.

Melatonin hayot uchun muhim rol o‘ynaydi:

  • qarish jarayonini sekinlashtiradi;
  • o‘sish gormoni darajasini belgilaydi;
  • stressga chidamlilikni oshiradi;
  • mushaklar o‘sishiga yordam beradi;
  • onkologik kasalliklar rivojlanishiga to‘sqinlik qiladi;
  • immunitetni mustahkamlaydi;
  • ishtahani nazorat qiladi.

Nega kechasi soat 12 dan avval uxlash foydali hisoblanadi?

Miya faoliyati yaxshilanadi

Ertalab soat 2 ga qadar tana chuqur uyqu holatida bo‘lib, melatonin miqdori eng yuqori pog‘onaga chiqadi. Gormon erkin radikallarni hamda yallig‘lanishni kamaytiradi, miya faoliyatini yaxshilaydi, Parkinson kasalligi bilan kurashishda yordam beradi.

Saraton xavfi kamayadi

Melatoninning saratonga qarshi ta’siri fanda isbotlangan. Gormon immunitetni shakllantiradigan hujayralarda ishlab chiqarilganligi sababli u infeksiyalarga qarshilikni oshiradi.

Kortizol darajasini me’yorida saqlanadi

Kortizol shunchaki stress gormoni emas, balki ertalab tetik holda uyg‘onish imkonini beruvchi yordamchi moddadir. Gormon miqdori ertalab oshadi va soat 18:00 dan boshlab uning darajasi asta-sekin pasayadi. Bu vaqtda dam olish va uxlash istagi paydo bo‘ladi.

Ammo sirkad ritmlar buzilsa, kortizol ishlab chiqarish hajmi kechasi oshib ketadi, natijada tongda uyquga to‘ymaslik, ishtahaning yo‘qligi kuzatiladi va qahva ichish istagi paydo bo‘ladi.

Uyqu ozishda yordam beradi

Erta uxlash ozishga bo‘lgan harakatning muhim qismlaridan biridir. Chunki kechasi lipidlar almashinuvi, kunduzi esa uglevodlar almashinuvi faollashadi. Natijada bosh miya yog‘ zaxiralaridan glyukoza oladi. Bu jarayon esa albatta melatonin gormoni bilan bog‘liqdir.

Kiritildi: Bugun 11:08. O'qildi: 265 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!