Bugun 4 may, 2024 yil, shanba

КИР

Kavasaki sindromi koronavirus bilan bog‘liqmi?

Kavasaki sindromi koronavirus bilan bog‘liqmi?

— Dunyoda qachondan boshlab kamdan-kam uchraydigan Kavasaki sindromi paydo bo‘ldi. Bu sindrom koronavirus infeksiyasi bilan bog‘liqmi? Multtizimli yallig‘lanishi sindromining qanday asosiy belgilari mavjud?

Barno Abdusamatova, Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi: 

— COVID-19 kasalligining yuqori darajasi kuzatilgan mamlakalarda bolalarda koronavirus infeksiyasidan keyin pediatrik kavasakisimon sindrom shaklidagi yangi kasallik 2020 yil aprel oyidan qayd etila boshlandi.

COVID-19 bo‘lgan bolalar va o‘smirlarda vaqtinchalik assosiyasiyalangan Multtizimli yallig‘lanish sindromi (MVS) — COVID-19 infeksiyasidan so‘ng yallig‘lanish bilan bog‘liq immunologik hodisa. Ushbu patologiya infeksiyadan so‘ng yuzaga keladi va bolalarda COVID-19 ga chalingandan 3-5 hafta o‘tib rivojlanadi, qonda antitanachalar aniqlanishida paydo bo‘ladi.

Multtizimli yallig‘lanish sindromining asosiy klinik alomatlari:

🔺24 soat davomida tana haroratining 38,5 darajadan yuqori bo‘lishi;

🔺oshqozon-ichak trakti buzilishi: qorinda og‘riq, qusish, ko‘ngil aynishi, diareya;

🔺50 foiz holatlarda nafas tizimi shikastlanishi mumkin, ya’ni yo‘tal, og‘ir pnevmoniya rivojlanishi tufayli nafas siqilishi.

🔺Kasallik  bosqichlariga ko‘ra, tanada dog‘lar, papulalar, kon’yuktivit, limfotugunlar kattalashishi, kista va oyoqdagi shishlar paydo bo‘lishi mumkin;

🔺yurakda og‘riqlar shaklida yurak-qon tomir alomatlari ham mavjud;

🔺shuningdek, til va labda och qizil rangda qizarish kuzatiladi.

☝️Ta’kidlash lozimki, COVID-19 bilan bog‘liq multtizimli yallig‘lanish sindromi (MVS) bolalarda tarqalgan kasallik hisoblanmaydi, biroq ayrim bolalarda koronavirus infeksiyasidan so‘ng Kavasaki kasalligiga o‘xshash klinik belgilar paydo bo‘lishi mumkin va kasallik yurak mushaklari yallig‘lanishi, yurak tomirlari anevrizmi rivojlanishi va boshqa organ va tizimlar shikastlanishi belgilari bilan og‘ir kechishi mumkin.

San-Antoniodagi Texas universiteti tibbiyot fanlari markazi shifokori Alvaro Moreyroning so‘zlariga ko‘ra, tadqiqot davomida butun dunyoda 1 yanvardan 25 iyulga qadar qayd etilgan 662 nafar multtizimli yallig‘lanish sindromi bo‘lgan bolalar salomatligi o‘rganildi. Ularning aksariyatida yurak shikastlanishi kuzatilgan.

Shuningdek, bolalarda Kavasaki kasalligida kuzatiladigan yurak qon-tomirlar kengayishi ham qayd etilgan. Taxminan 10% bolalarda yurak tomir anevrizmi kuzatilgan. Anevrizm bo‘lgan bolalar salomatligi eng ko‘p xavf ostida. 

Yana bir xulosa, multtizimli sindrom bo‘lgan bemorlarning deyarli yarmi semizlik va ortiqcha vazndan aziyat chekishgan.

Shuning uchun ham bolalarda COVID-19ni oldini olish chora-tadbirlari avvalgiday dolzarb. Ushbu kasallikni muvaffaqiyatli davolash uchun erta tashxislash va o‘z vaqtida muolaja qilish muhim hisoblanadi.

Kiritildi: 15:33 17.09.2020. O'qildi: 2363 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!