Bugun 25 sentyabr, 2026 yil, juma

КИР

Kattaqo‘rg‘onda MIB aralashuvi bilan 72 million so‘m aliment to‘landi

Kattaqo‘rg‘onda MIB aralashuvi bilan 72 million so‘m aliment to‘landi


Farzand — nafaqat mehr va e’tibor, balki mas’uliyat hamdir.

Buni anglagan Kattaqo‘rg‘onlik qarzdor G.O. farzandlarining moddiy ta’minoti uchun to‘planib qolgan 72 million so‘m aliment mablag‘ini to‘liq to‘lab berdi.

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Kattaqo‘rg‘on tumanlararo sudining 2015 yil 9 noyabrgi ijro varaqasiga asosan, G.O.dan undiruvchi N.S. foydasiga ikki nafar farzandining moddiy ta’minoti uchun aliment undirish belgilangan.



Ijro jarayonida davlat ijrochisi tomonidan qarzdorga aliment — avvalo, farzandlarning ta’minoti va ularning qonuniy manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan mablag‘ ekani tushuntirildi.

Tushuntirishlar qarzdorga o‘z majburiyatiga boshqacha qarashga sabab bo‘ldi. U farzandlarining kelajagini o‘ylab, 72 million so‘mlik aliment qarzdorligini bir yo‘la to‘liq to‘ladi.

Natijada sud hujjati ijrosi ta’minlanib, ikki nafar farzandning moddiy ta’minoti bilan bog‘liq masala ijobiy hal etildi.

Kiritildi: 08:30 24.09.2026. O'qildi: 320 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!