“Katta yettilik” Ukrainaning Yevropa Ittifoqi va NATO'ga a’zolik yo‘lini qo‘llab-quvvatladi.
"Biz Ukrainaga yordam ko‘rsatishni davom ettirish niyatimizni, jumladan, qisqa va uzoq muddatda harbiy yordam ko‘rsatish niyatimizni ta’kidlaymiz", deyiladi G7 Mudofaa vazirlarining Neapoldagi uchrashuvi yakunlari bo‘yicha bayonotda.
Uchrashuvda NATO va Yevropa Ittifoqi vakillari, shuningdek, Ukraina myuMudofaa vaziri Rustem Umerov ishtirok etdi.
Yozda G7 davlatlari Rossiyaning muzlatilgan aktivlaridan tushgan mablag‘ hisobidan Ukrainaga 50 milliard dollar (46 milliard yevro) miqdorida kredit berishga kelishib olgan edi.