Bugun 16 dekabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Kaspiy dengizi sathi xavfli darajada pasaydi

A A A
Kaspiy dengizi sathi xavfli darajada pasaydi

Nemis va niderlandiyalik olimlar Kaspiy dengizidagi suv sathi 2100 yilga kelib 9-18 metrga pasayishini va bu ko‘plab muammolarni keltirib chiqarishini hisoblab chiqishdi.

Tadqiqot natijalari “Nature Communications Earth & Environment”  jurnali tomonidan nashr etildi.

Muammolar ekologiya, iqtisodiyot va siyosiy barqarorlikka ta’sir qilishi ta’kidlangan.

Tadqiqotchilarning fikriga ko‘ra, 1990-yillardan boshlab Kaspiy dengizi har yili bir necha santimetrga pasayib kelmoqda. 2100 yilga kelib havza maydoni deyarli to‘rtdan biriga qisqarishi taxmin qilinmoqda.

«Taqqoslash uchun, agar Shimoliy dengiz ikki-uch metrga pasaysa, Rotterdam, Gamburg va London kabi portlarga kirish qiyinlashadi», - deyiladi press-relizda.

Shuningdek, olimlar ushbu muammoni muvofiqlashtirilgan holda hal qilish uchun Birlashgan Millatlar Tashkilotining Atrof-muhit dasturi (YUNEP) boshchiligida yo‘qolib ketish xavfi ostida bo‘lgan ko‘llar bo‘yicha xalqaro guruh yaratishga chaqirgan.

Kiritildi: 21:36 23.12.2020. O'qildi: 4853 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!