Bugun 14 may, 2024 yil, seshanba

КИР

Kasallikni yuqtirib, tuzalganlar nima uchun niqob taqishlari kerak?

Kasallikni yuqtirib, tuzalganlar nima uchun niqob taqishlari kerak?

Tibbiyot fanlari doktori, Rospotrebnadzor epidemiologiya ilmiy tadqiqotlar markaziy instituti bo‘lim boshlig‘i Tatyana Rujensova tibbiy niqoblar to‘g‘risidagi eng muhim savollarga javob berdi:

- Gap shundaki, tuzalganlarning ko‘pchiligida himoya antitanachalari 2-3 oy ichida susayishiga guvoh bo‘lyapmiz. Antitanachalar susaysa, himoya ham susayishini yaxshi tushunamiz. 

Ba’zi tuzalganlarda esa kasallikning boshidan buyon antitanachalar umuman shakllanmaydi ham. 

Bunday kishilar infeksiyaga ta’sirchan bo‘lishadi. Virusning boshqa turlarini yuqtirib olishlari ham mumkin. Bu holat hozir o‘rganilmoqda. 

Afsuski, biz kuzatish uchun juda kichik bo‘lgan muddatga egamiz. Kasallikning residiv, to‘lqinsimon kechishi holatlari muhokama qilinmoqda. Bu hozircha kasallik qaytalanishining kamdan-kam holatlari bo‘lishi mumkin. 

Ta’kidlash kerakki, tadqiqotlar olib borilayotgan bir paytda fuqarolar, xususan, kasallikdan tuzalganlar ham o‘zlarini iloji boricha asrashlari kerak. 

Shuningdek, niqoblar gripp, pnevmokokk va boshqa qo‘zg‘atuvchilardan ham himoya qilishini unutmaslik kerak.
 

Kiritildi: 08:52 28.09.2020. O'qildi: 2289 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!