Bugun 19 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Karantinga rioya qilmagan YPX xodimi jazolandi

Karantinga rioya qilmagan  YPX xodimi jazolandi

Joriy yilning 25 iyun kuni ijtimoiy tarmoqda tarqatilgan “Gai xodimi haydovchidan hujjatlarini so‘raganda, haydovchi gai xodimi qo‘llarini avval antiseptik vositalarda tozalashini so‘radi” sarlavhali video lavha yuzasidan 26 iyun kuni munosabat bildirilgan edi.

Mazkur holat yuzasidan o‘tkazilgan xizmat tekshiruvi o‘z yakuniga yetdi. Unga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 1 dekabrdagi 975-son qarori bilan tasdiqlangan “Yo‘l-patrul xizmati xodimlarining yo‘l harakati qatnashchilari bilan o‘zaro munosabatlari hamda maxsus moslamalardan foydalanishi tartibi to‘g‘risida”gi nizom talablarini buzganligi uchun Surxondaryo viloyati IIB YHXB YPXO komanidirining o‘rinbosari B.Izbosarovga “Tanbeh” intizomiy jazosi e’lon qilindi.

Kiritildi: 15:36 06.07.2020. O'qildi: 3217 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!