Bugun 19 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Karantin: Jizzaxda janjal ko‘tarildi

Karantin: Jizzaxda janjal ko‘tarildi
O‘zbekistonga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish maqsadida joriy yilning 21 martidan boshlab barcha hududlarda faoliyat yuritayotgan ko‘ngilochar ob’ektlar, shu jumladan, tungi klublar, choyxona va oshxonalar koronavirus kasalligi bilan bog‘liq epidemiologik holat barqarorlashgunga qadar to‘xtatilgan. 

Jizzax viloyati IIB axborot xizmati xabariga ko‘ra, shunga qaramasdan ba’zi fuqarolar tomonidan ish faoliyati vaqtincha to‘xtatilgan umumiy ovqatlanish oshxonalariga kelib uni ishlatishni talab qilish holatlari kuzatilmoqda. Bu haqda "Kun" nashri xabar berdi.

Jizzax shahar “Tinchlik” mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi fuqaro M.N. va N.J. Sharof Rashidov tumani “Xayrabod” mahalla fuqarolar yig‘ini, Buyuk ipak yo‘lida joylashgan umumiy ovqatlanish shoxobchasiga kelib ovqat buyurtma qilmoqchi bo‘lishadi. Oshxona oshpazi fuqarolar M.N. va N.J.ga oshxona karantin munosabati bilan ishlamayotganligini tushuntiradi. “Xo‘randalar” buni tushunishni xohlashmaydi va natijada janjal chiqarishadi.  

Oshxona ro‘parasida istiqomat qiluvchi 2000 yilda tug‘ilgan fuqaro F.U va ukasi tuman XTBga qarashli 52-sonli umumta’lim maktabining o‘quvchisi O.U. janjalni eshitib chiqishadi. Fuqaro M.N. o‘zi bilan doimiy ravishda olib yurgan pichog‘i bilan O.U. va akasi F.U.ga tan jarohat yetkazadi.

Hozirda mazkur holat bo‘yicha Sharof Rashidov tumani ichki ishlar bo‘limi tomonidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 09:22 23.03.2020. O'qildi: 8375 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!