Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Karantin hazillari

Karantin hazillari

Karantinda muntazam ravishda yugurish sporti bilan shug‘ullanaman – divandan muzlatgichgacha.

***

- Karantin hech ham zerikarli emas-da. Chalg‘iyman desangiz, bekorchi ishlar qalashib yotibdi. Meni boshqa narsa qiynayapti, qanaqasiga bir paketdagi 1 kg guruch – 2789 ta dona, ikkinchisida – 2804 dona bo‘lishi mumkin?!

***

Karantinda qay biri dahshatliroq ekanligini bilmay ham qoldim: tana haroratimni o‘chashmi yoki og‘irlik vaznimnimi?

***

Karantinda bekorchilikdan xotinim bilan gaplashib qoldim. Hm, bilmagan ekanman, yaxshi xotin ekan!

***

“Karantin, karantin, deysizlar. Haqiqiy karantin nima ekanligini sizlar qayoqdanam bilardingiz?!” – deb hayqirdi Robinzon Kruzo.

***

Agar karantin davom etaversa, maktab va bog‘chalar yopiq turaversa, ota-onalarning o‘zlari olimlardan avval vasinani yaratadi.

Kiritildi: 12:09 11.07.2020. O'qildi: 5086 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!