Bugun 27 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Karantin davrida avtomobilimni majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazmaganlik uchun jarima yoziladimi?

Karantin davrida avtomobilimni majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazmaganlik uchun  jarima yoziladimi?

- 1 iyulda avtomobilimning majburiy texnik ko‘rikdan o‘tish muddati tugadi. Hozirgi sharoitda texnik ko‘rikdan o‘tkazmaganlik uchun avtomobillarga jarima yoziladimi?

AOKA shtabiga kelib tushgan savolga IIV Matbuot kotibi Shohrux G‘iyosov javob berdi.

- Majburiy texnik ko‘rikdan o‘tish muddati tugagan transport vositalari haydovchilari transport vositalarini majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazmasa, O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 125-moddasi 2 qismiga asosan jarimaga tortiladi.
Shuni alohida ta’kidlash kerakki, hozirgi kunda respublikamizning barcha hududlarida transport vositalarini majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazish jarayonlari amalga oshirilmoqda. Shu sababli, majburiy texnik ko‘rikdan o‘tish muddati o‘tgan transport vositalari haydovchilari o‘z transport vositalarini belgilangan tartibda texnik ko‘rikdan o‘tkazishlari mumkin.

Karantin tadbirlari davom ettirilayotgan «Qizil» toifadagi hududlarga kiritilgan (ayrim tuman-shahar)lar bundan mustasno.

Kiritildi: 07:55 03.07.2020. O'qildi: 4790 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!