Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

Karantin! Buxoro shahrida faoliyat yuritayotgan kafe fosh qilindi

Karantin! Buxoro shahrida faoliyat yuritayotgan kafe fosh qilindi

Buxoro shahrida karantin holatida faoliyat yuritgan oshxona aniqlandi, deb xabar qilmoqda  Buxoro viloyati IIB axborot xizmati.

Xabarda aytilishicha, 28 may kuni kechasi Buxoro viloyati IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan reyd davomida Buxoro shahridagi kafelardan biri ishlayotgani aniqlangan.

"Kafe ish yurituvchisi H.A. karantin qoidalarini qo‘pol ravishda buzib, kafeda Qashqadaryo viloyati, Kasbi tumanida yashovchi fuqarolar G‘.O., U.A., D.H. va M.M. larning ovqatlanishlari uchun sharoit yaratib, ular bilan birgalikda o‘zi spirtli ichimlik ichib, ovqatlanayotganligi aniqlandi", — deyiladi xabarda.

Kafe ish yurituvchisi va mijozlarga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 54-moddasi 2-qismi bilan ma’muriy hujjatlar rasmiylashtirilgan.

Kiritildi: 16:20 30.05.2020. O'qildi: 2252 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!