Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Kapitoliy tashqi xavfsizlik tahdidi tufayli butunlay bloklandi

Kapitoliy tashqi xavfsizlik tahdidi tufayli butunlay bloklandi

AQSh poytaxtida joylashgan Kapitoliy xavfsizlik tahdidi tufayli kirish va chiqish uchun butunlay yopildi.

Bu haqda “NBC” o‘zining tvitter sahifasida xabar bermoqda.

Telekanal ma’lumotlariga ko‘ra, Kapitoliy xodimlariga tashqi xavfsizlik tahdidi to‘g‘risida ogohlantirish yuborilgan.

“Barcha Kapitoliy hududidan chetda tursin: tashqi xavfsizlik tahdidi, kirish va chiqish taqiqlanadi, tashqi deraza va eshiklardan uzoqroq turing. Agar tashqarida bo‘lsangiz, boshpana izlang», deyiladi xabarda.

Boshqa tafsilotlar esa taqdim etilmagan.

Kiritildi: 22:30 18.01.2021. O'qildi: 1589 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!