Manitoba markazidagi o‘rmon yong‘inlarida kamida ikki kishi halok bo‘ldi.
Bu haqda CTV telekanali xabar bermoqda.
Mahalliy polisiya ma’lumotlariga ko‘ra, qurbonlar erkak va ayol bo‘lib, ularning shaxsi aniqlanmoqda.
Avvalroq Manitoba sharqidagi Lak-dyu-Bonne hududida boshlangan o‘rmon yong‘inlari tufayli kamida 1000 kishi uyini tark etishga majbur bo‘lgani xabar qilingandi. Yaqin atrofdagi kottej qishloqlari aholisi evakuasiya qilish haqida buyruq oldi.
Yong‘in maydoni 100 ming gektarga baholanmoqda.