Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Kanadadagi tabiiy ofat qurbonlari soni oshib bormoqda

Kanadadagi tabiiy ofat qurbonlari soni oshib bormoqda

Kanadaning aholi gavjum ikki provinsiyasi – Ontario va Kvebekda sodir bo‘lgan dovul kamida sakkiz kishining hayotiga zomin bo‘lgani haqida xabar berilgandi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, halok bo‘lganlar soni kamida 10 kishiga yetdi. Bu haqda CTV xabar bergan.

Bu hududlarda kuchli shamol daraxtlar va elektr tarmoqlarini qulatgani oqibatida minglab mahalliy aholi elektrsiz qolgan. Ta’kidlanishicha, jabrlangan iste’molchilarning ko‘pligi va bo‘ron yetkazgan zarar tufayli elektr ta’minoti qayta tiklanishi uchun bir necha kun kerak bo‘lishi mumkin.

Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, to‘qqiz kishi qulagan daraxtlar ostida qolgan, yana bir Kanada fuqarosi esa qayiqning ag‘darilishi oqibatida halok bo‘lgan.

Kiritildi: 13:58 24.05.2022. O'qildi: 1701 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!