Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Kanada Eron harbiy rahbariyatiga qarshi sanksiyalar kiritdi

Kanada Eron harbiy rahbariyatiga qarshi sanksiyalar kiritdi

Kanada hukumati Eron mudofaa vaziri Muhammad Rizo Ashtianiyga qarshi sanksiyalar kiritdi. Bu haqda Kanada tashqi ishlar vazirligi xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, sanksiyalar Eron Qurolli kuchlari markaziy shtab qo‘mondoni Xatam al-Anbiyaga nisbatan ham qo‘llanilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh Moliya vazirligi Eronga qarshi sanksiyalar ro‘yxatini sakkiz nafar jismoniy shaxs va 15 kompaniyani o‘z ichiga olgan holda kengaytirgan edi.

Vazirlikning cheklovlari beshta kema va bitta samolyotga tegishli.

Kiritildi: 17:15 26.04.2024. O'qildi: 477 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!