Bugun 5 dekabr, 2025 yil, juma

КИР

Kanada AQShdan 4 milliard dollarga aviabombalar xarid qilmoqchi

Kanada AQShdan 4 milliard dollarga aviabombalar xarid qilmoqchi

Bu haqda The Globe and Mail xabar bermoqda.

Gazeta ma’lumotlariga ko‘ra, bu o‘q-dorilar Kanada Harbiy-havo kuchlarining CF-18 samolyotlari va 2026 yildan yetkazib berilishi rejalashtirilgan F-35 qiruvchilari uchun mo‘ljallangan. Shuningdek, xarid tarkibiga MQ-9B dronlari va P-8 Poseidon suv osti kemalariga qarshi samolyotlari uchun mo‘ljallangan qurollar ham kiradi.

"Kanada Harbiy-havo kuchlari Qo‘shma Shtatlardan xorijiy harbiy xaridlar dasturi orqali JDAM bombalari va GBU-39 boshqariladigan aviabombalarini sotib olishni rejalashtirmoqda", — deya aniqlik kiritdi Kanada Mudofaa vazirligi rasmiy vakili Andre-Ann Paulin.

Kiritildi: Bugun 22:22. O'qildi: 245 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!