Bugun 18 may, 2024 yil, shanba

КИР

Kamchatkalik shifokor o‘zbekistonlik ayolning hayotini saqlab qoldi

Kamchatkalik shifokor o‘zbekistonlik ayolning hayotini saqlab qoldi

Kamchatka falokatlar tibbiyoti markazi shifokori Aleksey Prosin o‘zbekistonlik ayolning hayotini saqlab qoldi. Bu haqda «daryo.uz» xabar bermoqda.

Hodisa Petropavlovsk-Kamchaskiy — Moskva reysini bajarayotgan samolyot bortida ro‘y berdi.

Parvoz davomida, havo layneri Yoqutiston ustida bo‘lib turganida yo‘lovchilardan birining tobi qochdi. Ma’lum bo‘lishicha, o‘zbekistonlik ayolga Kamchatkadagi klinikalardan birida o‘tkir kasallik tashxisi qo‘yilgan va darrov kasalxonaga yotish tavsiya etilgan. Biroq u yurtiga, Toshkentga uchishni ma’qul ko‘rgan.

Parvoz davomida ayolning holati keskin yomonlashdi. Aleksey Prosin bemorga og‘riq qoldiruvchi muolajalar qildi va 1,5 soat davomida unga qarab turdi.

Samolyot yaqin oradagi aerodrom — Mirniy shahrida shoshilinch qo‘ndi. Ayol tez yordam brigadasiga topshirildi.

Kiritildi: 10:40 13.12.2018. O'qildi: 1706 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!