Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

“Kamaz” O‘zbekiston harbiy qismlari uchun yuk mashinalari ishlab chiqarishni 10 barobar oshiradi

“Kamaz” O‘zbekiston harbiy qismlari uchun yuk mashinalari ishlab chiqarishni 10 barobar oshiradi

O‘zbekiston o‘z harbiy qismlari uchun 1,1 ming dona “Kamaz” yuk mashinalariga buyurtma berdi.

Toshkent viloyati hokimi G‘ulomjon Ibragimov Tatariston prezidenti Rustam Minnixonov bilan qator qo‘shma loyihalarni muhokama qilgani haqida onlayn nashrimizda xabar bergandik. Bu borada “Kamaz” yuk mashinasi texnikalarini yetkazib berish liniyasi bo‘yicha takliflar ham ko‘rib chiqildi.

Ma’lumki, yurtimizda o‘tgan yil oxirida ushbu brend ostida transport vositalarini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgandi.

“Ularni Samarqandda yig‘ishni boshlashdi, u yerda bo‘sh maydon bor edi, ilk 100 ta mashinani yig‘ishdi, harbiylar ularni ko‘rishdi, joriy yilda buyurtma soni 1100 ta mashinaga yetdi. Hozir biz MAN chiqarishni to‘xtatamiz, ushbu maydonda “Kamaz” ish boshlaydi”, - dedi Toshkent viloyat hokimi Tatariston prezidenti bilan Qozondagi uchrashuvi davomida.

O‘z navbatida hokim Toshkent viloyatida “Kamaz” yuk mashinalariga servis xizmatlari ko‘rsatish bo‘yicha markazni ochish rejalari muhokama qilingani, sababi barcha 42 ta harbiy qism Toshkent atrofida joylashganiga to‘xtalib o‘tdi.

Eslatib o‘tamiz, “O‘zavtosanoat” AJ va “Kamaz” o‘rtasidagi kelishuv RF bosh vaziri Dmitriy Medvedevning O‘zbekistonga amalga oshirgan tashrifi davomida imzolangan edi.

Manba: zamin.uz

Kiritildi: 20:03 12.08.2018. O'qildi: 1500 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!