Bugun AQSh tarixida ilk bor mamlakatni 1 soatu 25 daqiqa davomida ayol kishi boshqardi. Prezident Jo Bayden kolonoskopiya muolajasini o‘tayotganda, anesteziya ostida bo‘lgan paytda vakolatlarini vise-prezident Kamala Harrisga topshirgan, deb xabar bermoqda Amerika ovozi
Shu tariqa, Harris AQShning vaqtincha prezidenti bo‘lgan ilk ayolga aylandi.
Tushdan keyin Bayden vakolatlarini qayta qo‘lga olgan. Oq uy tibbiy ko‘rik muvaffaqiyatli yakunlaganini ma’lum qildi.
AQSh konstitusiyasida prezident vakolatlarini bajara olmagan taqdirda hokimiyatni topshirish jarayoni belgilangan. Prezident va vise-prezidentga biror kor-hol bo‘lsa, Vakillar palatasi spikeri davlat rahbariga aylanadi.
Kamala Harris – AQShning ilk ayol viwe-prezidenti. Mamlakatning qariyb 250 yillik tarixida ayol kishi prezidentlikka saylangan emas.