Bugun 18 may, 2024 yil, shanba

КИР

Kam maosh va jinsiy zo‘ravonlik: ishchilar ish tashlashdi

Kam maosh va jinsiy zo‘ravonlik: ishchilar ish tashlashdi

AQShning bir necha shaharlarida McDonald's restoranlarining yuzlab xodimlari payshanba kuni ishga chiqmadi.

Ular maosh kamligi, xavfsiz bo‘lmagan ish sharoitlari va jinsiy zo‘ravonlikka qarshi norozilik namoyishlarini uyushtirishdi. Bu haqda RIA Novosti Wall Street Journal asosan xabar qildi.

Xabarda aytilishicha, Amerikaning 13 ta shaharlarida yuzlab McDonald's xodimlari ish joylarini tashlab ketishdi.

Norozilik aksiyasi tufayli Missuri  shtatining Sent-Luis shahrida 10 ta restoran yopildi. Eng katta norozilik tadbiri Ayova shahrida o‘tkazildi.

Xodimlar McDonald's kompaniyasi rahbariyatidan oyliklarni ko‘tarish, jinsiy zo‘ravonliklarni oldini olish bo‘yicha xodimlarga keskin choralar ko‘rilishini talab qildi.

Bundan avval NBC telekanali McDonald's restoranlari xodimlari zo‘ravonlikka duch kelgani haqida xabar qilgandi.

McDonald's 25 nafar xodimi o‘z hamkasblariga nisbatan ayblovlarni bildirdi. Xodimlarning so‘zlariga ko‘ra, ularning hazil sifatida qabul qilinib, rad etildi. Boshqalar esa ish vaqtini qisqartirish yoki “ishdan bo‘shatish” holatlariga duch kelishdi.

 

Kiritildi: 15:02 24.05.2019. O'qildi: 5026 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!