Kaliforniya janubida davom etayotgan o‘rmon yong‘inlari natijasida kelib chiqqan iqtisodiy zarar 135-150 milliard dollarni tashkil qilishi mumkin.
Bu haqda AccuWeather konsalting kompaniyasi vakili Bill Ueydell ma’lum qildi.
"AccuWeather kompaniyasi Janubiy Kaliforniyadagi o‘rmon yong‘inlari natijasida yetkazilgan jami zarar va iqtisodiy yo‘qotishlar bo‘yicha o‘zining dastlabki hisob-kitobini 135-150 milliard dollargacha qayta ko‘rib chiqdi”, - deb yozgan Ueydell.
AccuWeather vakilining ta’kidlashicha, kompaniya sinoptiklari kelgusi haftada mintaqada kuchli shamol va o‘rmon yong‘inlari xavfi kuchayishi kutilmoqda.