Shtatning Pasifik-Paliseyds hududida yong‘in maydoni tez sur’atda kengayib, allaqachon 323 gektardan oshgan. Kaliforniya gubernatori Gevin Nyusom shtatda favqulodda holat rejimini e’lon qildi.
Kuchli shamollari tufayli aviasiya yong‘inni o‘chirishda ishtirok eta olmayapti. Shuningdek, Kamala Harrisning qarorgohi ham evakuasiya zonasiga kiritilgani xabar qilinmoqda.