AQShning Kaliforniya shtatidagi otishmada kamida uch kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Los Angeles Times nashri xabar bermoqda.
"Shanba kuni ertalab Los-Anjelesning Benedikt-Kanyon mahallasida yuz bergan otishmada kamida uch kishi halok bo‘ldi va to‘rt kishi yaralandi" - deyiladi bayonotda.
Qayd etilishicha, halok bo‘lganlar mashina ichida bo‘lgan, jarohat olganlar esa ko‘chada bo‘lgan. Shuningdek, gumonlanuvchilar hamon ozodlikda ekani xabar qilingan.