Bugun 13 iyun, 2025 yil, juma

КИР

Kaliforniya shtati Tramp ma’muriyati ustidan sudga da’vo arizasi berdi — OAV

Kaliforniya shtati Tramp ma’muriyati ustidan sudga da’vo arizasi berdi — OAV

Da’vo arizasida AQSh prezidenti ma’muriyati federal qonunchilik va Konstitusiyani buzganligi aytiladi. Kaliforniya shtati suddan milliy gvardiyachilarni joylashtirish to‘g‘risidagi qarorni bekor qilishni va ular ustidan nazoratni gubernatorga qaytarishni talab qilmoqda.

"Tramp vakolatlaridan qonuniy ijro hokimiyatining doirasidan chiqish uchun bir necha bor foydalangan. 7 iyun, shanba kuni u mahalliy hokimiyat tomonidan nazorat qilinayotgan norozilik namoyishidan hokimiyatni yana bir misli ko‘rilmagan tarzda egallash uchun foydalandi, bu safar Kaliforniya shtatining suvereniteti hisobiga va shtat Milliy gvardiyasining bosh qo‘mondoni bo‘lgan gubernatorning vakolatlari va obro‘siga zid ravishda harakat qilindi", deyiladi da’vo arizasida.

Kiritildi: 09:27 10.06.2025. O'qildi: 501 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!