Bugun 4 may, 2024 yil, shanba

КИР

Kaliforniya maktablaridan birida otishma: olti kishi jarohatlandi

Kaliforniya maktablaridan birida otishma: olti kishi jarohatlandi

Rasmiylarga ko‘ra, chorshanba kuni Kaliforniyaning Oklend shahridagi bir nechta maktablar yaqinida sodir bo‘lgan otishmada olti kishi jarohatlangan, deb xabar berdi NBC News.

Otishma to‘rtta maktab, jumladan, Rudsdale o‘rta va oliy maktabi, Bay Area texnologiya maktabi va Sojourner Truth xususiy maktabi joylashgan kampusda sodir bo‘lgan. Oklend polisiyasi boshlig‘i yordamchisi Darren Ellisonning aytishicha, jarohatlanganlar Sojourner Truth maktabida topilgan.

Otishma qurbonlarining olti nafarining hammasi kattalar bo‘lib, mahalliy shifoxonalarda davolanmoqda, ulardan ikki nafarining ahvoli og‘ir.

Polisiya jinoyat sabablari va gumonlanuvchilar haqida ma’lumot bermadi, tergov harakatlari olib borilmoqda. Rasmiylar bitta otishmachini qidirmoqda, bir nechta hujumchilarning versiyasi ko‘rib chiqilmoqda.

Kiritildi: 23:05 30.09.2022. O'qildi: 2110 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!