Bugun 30 aprel, 2024 yil, seshanba

КИР

Kaklik mojarosi: Qashqadaryoda 17 yoshli yigit pichoqlandi

Kaklik mojarosi: Qashqadaryoda 17 yoshli yigit pichoqlandi

Qashqadaryo. 2020 yilning 31 dekabr kuni soat 17:30 larda Kitob tumani “Bashir” MFY Aliqushchi qishlog‘ida yashovchi voyaga etmagan 16 yoshli Bunyod J. qishloqdoshi voyaga etmagan 17 yoshli Sunnat I. bilan uning uyini oldidagi ko‘chada o‘zaro tortishib qolib, unga “Nega men kaklik ushlash uchun qo‘ygan qopqonimni olib qo‘yding”, - deb o‘zaro janjallashib qolib, voyaga etmagan Sunnat I. qishloqdoshi voyaga etmagan Bunyod J.,ni erga yiqitib, uning ustiga chiqib olib qo‘llari bilan urayotgan vaqtida, Bunyod J. jaxl ustida egnidagi shimining chap cho‘ntagida bo‘lgan pichoqni (korcha) Sunnat I.ning o‘ng ko‘krak qafasiga bir marta va chap ko‘krak qafasiga ikki marta  sanchib olib og‘ir tan jarohati yetkazgan.

Kitob tumani Tibbiyot birlashmasining ma’lumotnomasiga ko‘ra, Sunnat I.,ning o‘ng ko‘krak qafasiga bir marta teshib kirgan sanchilib kesilgan va chap ko‘krak qafasiga ikki marta sanchilib kesilgan jarohatlari borligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan tuman IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan voyaga etmagan Bunyod J.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismi (Qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 

Dastlabki tergov jarayonida Bunyod J, gumonlanuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilingan.

Hozirda tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Kiritildi: 10:10 06.01.2021. O'qildi: 4482 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!