Bugun 7 may, 2024 yil, seshanba

КИР

Kafe va restoranlarda chekish butunlay taqiqlandi

Kafe va restoranlarda chekish butunlay taqiqlandi

Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov «Qirg‘iziston Respublikasi fuqarolarini tamaki, nikotin iste’moli va atrofdagilarni tamaki tutuni va aerozol ta’siridan himoya qilish to‘g‘risida»gi qonunni imzoladi. Bu haqda «Sputnik Qirg‘iziston» ma’lum qildi.

Qonun tamaki chekish va tamaki mahsulotlarining barcha turlaridan foydalanishga qarshi kurash choralarini kuchaytirishga qaratilgan. Uning mualliflari avvalroq tamaki iste’moli Qirg‘izistonda o‘lim va nogironlikning asosiy sababi ekanini bildirishgandi.

Xususan, qabul qilingan hujjatda jamoat joylarida sigaret va chilim chekish taqiqlanadi. Cheklov kafe va restoranlarga ham tegishli.

Bundan tashqari, qonun barcha turdagi tamaki mahsulotlarini reklama qilishni butunlay taqiqlaydi.

Kiritildi: 20:15 28.09.2021. O'qildi: 4551 marta. Fikrlar soni: 5 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!