Bugun 5 mart, 2026 yil, payshanba

КИР

"Kadisheva bozori"da yana yong‘in chiqdi

"Kadisheva bozori"da yana yong‘in chiqdi

Yashnobod tumanida ro‘y bergan yong‘in to‘g‘risida ma’lumot berildi.

Bugun, 4 yanvar soat 19:19 da “112” tizimi orqali Toshkent shahar, Yashnobod tumani, Aviasozlar ko‘chasida joylashgan “Aviasozlar dehqon bozori” AJ hududidagi do‘konlarning biri yonayotganligi to‘g‘risida FVBBga xabar kelib tushgan.

Shunga ko‘ra, 4 ta yong‘in-qutqaruv bo‘linmasi soat 19:24 da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 19:29 da qurshab olingan va soat 19:34 da o‘chirilgan.

Yong‘in oqibatida do‘konning taxminan 20 kv.m. maydonda ichki va shift qismi yonib zararlangan.

Yong‘in oqibatida tan jarohati olganlar to‘g‘risida ma’lumot kelib tushmagan.

Hozirda yong‘in sababi va zarari aniqlanmoqda.

Kiritildi: 22:07 04.01.2026. O'qildi: 2371 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!